Ramazon hayitiga qaramay Isroil hujumlari davom etmoqda

Isroil hujumlari oqibatida shahid bo‘lganlar va tan jarohati olganlar soni ortdi.

1639318
Ramazon hayitiga qaramay Isroil hujumlari davom etmoqda

Isroil askarlari necha yillardan beri qamalda ushlab turilgan G‘azoga qarshi quriqlik, havo va dengiz yo‘li orqali hujum qilmoqda.

G‘azoning shimoli - sharq va shimoli - g‘arb mintaqalarida turli nishonlar Isroil kuchlarining to‘p otishlariga maruz qolar ekan endilikda bir vatqning ozida havodan va dengizdan bomba tashlanmoqda.  

Hujumlar yuzasidan shaharning shimolida elektr uzilishlari yuz berar ekan Isroil armiyasi bombalagan mintaqalardan olovlar ko‘tarildi.

Tunning ilk soatlarida Ga‘zo sektorining shimol qismiga bombalar orqali og‘ir zarba bergan Isroil urush uchoqlari, 2 soatlik sukunat ortidan turli mintaqalarni bombalashni davom etmoqda.

Shu bilan birga Isroil armiyasi voizi “G‘azoga kirib borganliklari” haqidagi bayonotlarini yangilashdan uzoq turar ekan “askarlarning kirib kirmaganini aniqlay olmaymiz”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Isroil armiyasi voizi Jonatan Konrikust AA muxbiriga bergan bayonotida, Isroil armiyasining Ga‘zo sektoriga quriqlikdan amaliyot boshlatganini ma’lum qilgandi.

Uning ikkinchi bayonotida esa “tarjimada xatolikka yo‘l qo‘yilgani, quriqlik amaliyotining boshlamagani” qayd etildi.

Shu bilan birga Isroil kuchlarining mintaqaga 10 - mayda boshlagan va Ramazon hayitiga qaramay davom etgan havo hujmida 28 nafari yosh bola, 119 nafar falastinlik shahid bo‘lar ekan 621 kishi tan jarohati oldi.  

Isroil askarlarining Quddus va ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilning bir necha nuqtasida G‘azo sektoriga yordam berish maqsadida uyushtirilgan namoyishlarda haqiqiy va plastik o‘qlar orqali 139 kishi tan jarohati oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #G‘azo , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar