Isroil Falastin xalqiga nisbatan zo’ravonlikni davom ettirmoqda

Ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusning eski shahar hududida joylashgan Shom darvozasi va Shayh Jarroh mahallasida yashovchi aholiga hujum sodir etildi.

1638691
Isroil Falastin xalqiga nisbatan zo’ravonlikni davom ettirmoqda

 

Isroil politsiyasi Falastin xalqiga nisbatan zo’ravonlikni davom ettirmoqda.

Ishg’ol ostidagi Sharqiy Quddusning eski shahar hududida joylashgan Shom darvozasi va Shayh Jarroh mahallasida yashovchi aholiga hujum sodir etildi.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati ma’lum qilishicha, Isroil politsiyasi aholiga ovoz bombasi, rezina o’qlar va ko’z yoshartiruvchi gaz bilan hujum qilgan. Hujum oqibatida 18 nafar falastinlik jarohatlangan. Ular rezina o’qlardan jabrlangan.

Eslatish joizki, 22 aprelda Quddusning eski shahar hududida Isroil harbiylari va falastinliklar o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlangandi. Bunga Isroil sudining eski shahardagi Shayx Jarroh mahallasidan bir necha falastinlik oilani chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan.

10 maydan to‘qnashuvlar davom etib, tomonlar bir-biriga raketalar bilan zarba bermoqda.

Shu kungacha Isroil zarbalari oqibatida 65 nafar falastinlik halok bo’lgan, ulardan 16 nafari yosh bolalar. 365 kishi jarohatlangan.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar