Isroilning bugun ertalab uyushtirgan hujmi “eng og‘iri” deb qayd etildi

Isroilning bugun ertalab uyushtirgan hujmi “eng og‘iri” deb qayd etildi, natijalari haqida esa hali hanuz ma’lumot olinolmadi.

1638326
Isroilning bugun ertalab uyushtirgan hujmi “eng og‘iri” deb qayd etildi

Isroil politsiyasi ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda o‘rin olgan Al - Aqsa masjidida bugun bomdod namozi ortidan yana bir bor falastinlik yoshlarga hujum qildi.

Falastinlik yoshlar Xaromi Sharifda o‘qilgan bomdod namozi ortidan “Qibla” masjidi bilan Kubbatus Sahro o‘rtasidagi mintaqada yig‘ildi.

Isroil politsiyasi takbir va shiorlar aytgan yoshlarga plastik o‘qlar orqali monelik qildi, falastinlik yoshlar esa toshlar orqali politsiyaga qarshilik ko‘rsatdi.

Isroil urush uchoqlari esa bugun ertalab G‘azodagi Falastin qarshilik jabhasiga oid xavfsizlik markazlari va politisya qarorgohlariga og‘ir hujumlar uyushtirdi.  

Isroil urush uchoqlari bir necha daqiqada otgan onlab bomba orqali G‘azo sektorining janubiy, shimoliy va o‘rta qismlarida ko‘plab nuqtani nishonga oldi.

Oxirgi kunlardagi hujumlar orasida eng og‘irining bugun ertalab sodir etilgani qayd etilar ekan natijalari haqida hali hanuz ma’lumot olinolmadi.

Isroil urush uchoqlari G‘azo markazidagi tinch aholi jon saqlagan va matbuotga oid ofislar o‘rin olgan 9 qavatli binoni ham bombaladi.

Isroil politsiyasi kecha oqshom Aqsa masjidida o‘qilgan tarovix namozidan keyin yana bir bor falastinlik yoshlarga ovozli bombalar orqali hujum qildi lekin voqealar avj olmay turib to‘xtadi. Shuningdek, kecha oqshom vaqtlarida Aqsa masjidi o‘rin olgan Eskishahar mintaqasining Shom darvozasida Isroil politsiyasining falastinliklarga monelik qilishi oqibatida falastinliklardan 27 kishi tan jarohati olgandi.

Bir necha kundan beri davom etgan Isroil hujumlarida shahid bo‘lganlar soni 14 nafari yosh bola, 5 nafari ayol kishi jami 56 nafarga chiqar ekan, tan jarohati olganlar soni 335 nafardan ko‘p deb qayd etildi.



Aloqador xabarlar