Qozon shahridagi maktablardan birida otishma yuz berdi

Hodisa natijasida 9 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Ulardan 8 nafari o’quvchilar va 1 nafari o’qituvchi bo’lgan. Maktabdagi otishmadan keyin 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 12 nafari bolalar.

1637893
Qozon shahridagi maktablardan birida otishma yuz berdi

 

Bugun, 11 may kuni Tatariston Respublikasi poytaxti Qozon shahridagi maktablardan birida otishma yuz berdi.

Mahalliy vakillarning ma’lum qilishicha, maktabga ikki nafar kimligi noma’lum qurollangan shaxs bostirib kirgan va o‘quvchilarni o‘qqa tuta boshlagan. Ba’zi o’quvchilar derazadan pastga sakragan holda qochishga uringan. Hujum qilgan shaxslardan biri ko‘p o‘tmay maktab hovlisida qo‘lga olingan.

Ushbu voqea Qozon shahridagi Javdat Fayzi ko‘chasida joylashgan 175-maktabda ro’y bergan. Voqea joyiga politsiya kuchlari yetib kelishgan. Maktab hududi o‘rab olingan. O‘quvchilar qo‘shni binoga ko‘chirilgan. Qo‘lga olingan shaxs 17 yoshli Ilnaz Galyaviyev bo‘lib, u to‘rt yil avval ushbu gimnaziyani tamomlagan, hozirda kollejda o‘qiydi.

Maktabdagi otishmadan keyin 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ularning 12 nafari bolalar. To‘rt kishi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Hodisa natijasida 9 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Ulardan 8 nafari o’quvchilar va 1 nafari o’qituvchi bo’lgan.

Hodisa joyidan tarqalgan kadrlarda bolalar otishma vaqtida qochish uchun maktab oynasidan sakragani ko‘rinadi. Derazalardan sakraganlarning ikki nafari voqea joyida halok bo‘lgan.

Tataristan Respublikasi bosh prokurori Ildus Nafikov hodisa joyiga yetib borgan. Hozirda vaziyat bo’yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Tatariston , #otishma , #Qozon

Aloqador xabarlar