Qatar amiri Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani Jidda shahridagi “Qirol Abdulaziz” xalqaro aeroportida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan kutib olindi.

1637779
Qatar amiri Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

 

Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.

Saudiya Arabistoni (SPA) xabar agentligi ma’lum qilishicha, Qatar amiri Shayh Temim bin Hamad Al Sani Jidda shahridagi “Qirol Abdulaziz” xalqaro aeroportida valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon tomonidan kutib olindi.

Salom saroyida bo’lib o’tgan uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o’rtasidagi qardoshlik aloqalarini turli sohalarda rivojlantirish imkoniyatlarini ko’zdan kechirdi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo’yicha fikr almashildi.

Ushbu tashrif Ko’rfaz mamlakatlari o’rtasidagi kelishuvdan so’ng, Qatar amiri Al Sanining Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan birinchi tashrifi hisoblanadi.



Aloqador xabarlar