Isroil politsiyasi Al - Aqsa masjidini qoriqlagan falastinliklarga hujum qildi

Isroil politsiyasi Al - Aqsa masjidini navbat bilan qoriqlagan falastinliklarga qarshilik ko‘rsatib, hujum qildi.

1637179
Isroil politsiyasi Al - Aqsa masjidini qoriqlagan falastinliklarga hujum qildi

Isroil politsiyasi fanatik ruhdagi yahudiylarning ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddusda o‘rin olgan Al - Aqsa masjidiga qarshi hujum qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Harami Sharifda kutib turgan falastinliklarga monelik qildi.

Sharqiy Quddusning Eskishahar mintaqasida joylahsgan Al - Aqsa masjididagi minglab falastinlikga Isroil politsiyasi qarshilik ko‘rsatdi.

Bomdod namozini Sharqiy Quddusning Eskishahar mintaqasida o‘rin olgan Al-Aqsa masjidida o‘qigan minglab falastinlik, namozdan keyin Al - Aqsa hovlisida takbirlar aytib namoyish uyushtirdi.

Namoyishdan keyin falastinliklar fanatik ruhdagi yahudiylarning bosqin uyushtirishining oldini olish uchun Al - Aqsa masjidini navbat bilan qoriqlay boshladi.

Harami Sharifning ba’zi nuqtalarida barrikadalar o‘rnatgan falastinliklar bu yerdan ketmasliklarini ifoda etgan holda, “Jonimiz, qonimiz fido senga Al - Aqsa” degan shiorlar aytdi.

Keyinchalik Al - Aqsa masjidiga bosqin uyushtirgan Isroil politsiyasi falastinliklarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, plastik o‘qlar va ovozli bombalar orqali qarshilik ko‘rsatdi.

Ishg‘ol kuchlari bilan janjal paytida falastinlik 10 kishi jarohat oldi, ulardan 3 nafari kasalxonaga yotqizildi.

Fanatik ruhdagi yahudiylar Isroil tomonidan Sharqiy Quddus bosib olingan 1967 - yildagi “Olti kunlik urushining” 54 - yilligini ibroniy taqvimiga ko‘ra “Quddus kuni” deb nishonlamoqda.

 



Aloqador xabarlar