Qohirada Turkiya va Misr delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo'lib o'tmoqda

Muzokaralarda ikki mamlakat o’rtasidagi diplomatik munosabatlarni qayta tiklash hamda o’zaro va mintaqaviy jihatdan normallashtirishga doir qadamlar belgilab olinadi.

1635087
Qohirada Turkiya va Misr delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo'lib o'tmoqda

 

Kecha, 5-may kuni amaliy tashrif bilan Misr poytaxti Qohiraga jo’nab ketgan Turkiya delegatsiyasining Misr hukumati vakillari bilan muzokaralari boshlandi.

Muzokaralar Turkiya tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal va Misr tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Hamdi Sanad Loza yetakchiligida bo’lib o’tmoqda.

Muzokaralar oldidan Turkiya delegatsiyasi rahbari Sedat O’nal va Misr tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Hamdi Sanad Loza o’rtasida o’zaro uchrashuv bo’lib o’tdi.

5-6 may kunlarini o’z ichiga olgan muzokaralarda ikki mamlakat o’rtasidagi diplomatik munosabatlarni qayta tiklash hamda o’zaro va mintaqaviy jihatdan normallashtirishga doir qadamlar belgilab olinadi.

Eslatish joizki, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 15 aprel kuni televideniye orqali bayonotida, Turkiya va Misr o’rtasida dastlab razvedka bo’yicha yo’lga qo’yilgan diplomatik muloqotni tashqi ishlar vazirliklari vositasida davom ettirishga kelishib olinganligini ma’lum qilgandi.

Turkiya va Misr o’rtasidagi diplomatik munosabatlar 2013 yildan buyon o’zaro maslahatchi darajasida davom ettirilayotgandi.

Eslatma: Turkiya va Misr o‘rtasidagi munosabatlar Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy to‘ntarilishi va undan keyin yuz bergan qonli to‘qnashuvlar sababli yomonlashgandi. Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘an misrlik harbiylarning Mursiy tarafdorlariga qarshi amalga oshirgan harakatlarini qoralagandi va Mursiyni Misrning qonuniy prezidenti deb hisoblashini aytgandi. Turkiya va Misr 2013 yil avgustda o‘z elchilarini maslahatlashuv uchun ortga chaqirtirib olishgan, shundan keyin Misr Turkiya elchisini, Turkiya esa Misr elchisini “persona non grata” deb e'lon qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #muzokara , #Turkiya , #Misr

Aloqador xabarlar