Afg’onistonda Gulran xavfsizlik boshqarmasi rahbariga suiqasd sodir etildi

Hirot viloyati meri Sayed Vohid Katali ma’lum qilishicha, hujumda xavfsizlik boshqarmasi rahbari va yonidagi ikki kishi halok bo’ldi.

1628411
Afg’onistonda Gulran xavfsizlik boshqarmasi rahbariga suiqasd sodir etildi

 

Afg’onistonning Hirot viloyatida Gulran xavfsizlik boshqarmasi rahbarining mashinasiga hujum sodir etildi.

Bu haqda Hirot viloyati meri Sayed Vohid Katali ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Gulran tumanida xavfsizlik xodimlarini olib ketayotgan mashinaga hujum sodir etilgan.

Hujumda Gulran xavfsizlik boshqarmasi rahbari va yana ikki kishi halok bo’lgan.

Hozircha hujumning kimlar tomonidan sodir etilgani ma’lum emas.

Oxirgi vaqtlarda mamlakat miqyosida tobora avj olib borayotgan suiqasd hujumlari asosan jurnalistlar, faollar, din olimlari, davlat xodimlari va xavfsizlik kuchlari xodimlariga nisbatan sodir etilmoqda.

Afg’oniston hukumati ushbu hujumlardan Tolibon harakatini ayblamoqda.


Tanlangan kalimalar: #hujum , #Hirot , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar