Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste'foga chiqdi

Bugun Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook orqali xalqqa murojaat qilib, iste'fo berganini e'lon qildi.

1628044
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan iste'foga chiqdi

 

Armaniston Qorabog‘dagi urushda mag‘lub bo‘lganidan besh yarim oy o‘tib mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan iste'foga chiqdi.

 

Bugun Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Facebook orqali xalqqa murojaat qilib, iste'fo berganini e'lon qildi.

"2020 yilda biz halokatli voqealarrni boshdan kechirdik, muammolar sabablari va yechimlar haqida deyarli hamma gapirdi: siyosiy kuchlar, hukumat a'zolari, ziyolilar, ruhoniylar, jamoat tashkilotlari. Endi xalq o‘z so‘zini aytish va o‘tmishga hamda bugunga baho berish va kelajak uchun qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunday imkoniyat hosil qilish uchun muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkaziladi. Saylov 20 iyunda o'tkaziladi.

Prezident va siyosiy kuchlar bilan kelishuvga ko‘ra, konstitutsiyaviy nizomlarni amalga oshirish va parlamentni tarqatib yuborish uchun men bugun iste'fo beryapman",-dedi Pashinyan.

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, bunday holatda Armaniston hukumati ham to‘liq tarkibda iste'fo beradi. Ammo hozirgi hukumat yangi hukumat shakllantirilguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.

Pashinyan muddatidan oldingi parlament saylovlarida o'zi yetakchilik qilgan "Mening qadamim" partiyasining bosh vazirlikka nomzodi sifatida qatnashishini ma'lum qildi.

"Saylovlarda saylovchilar ishonch bildirishsa, men mamlakatda yanada yaxshiroq xizmat qilishga va'da beraman",-dedi Pashinyan.

Armaniston 44 kun davom etgan Qorabog‘ urushida Ozarbayjonga mag‘lub bo‘linganidan keyin Pashinyanning mavqeyiga putur yetgandi va 20 iyunda muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi qarorlashtirilgandi.

Avvalroq, Pashinyan: "Aprelning oxirgi o‘n kunligida iste'foga chiqaman. Men buni ketish uchun emas, muddatidan oldingi saylovlar o‘tkazilishi uchun qilaman. Men bosh vazir vazifasini bajaruvchi sifatida ishlashda davom etaman",-degandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Nikol Pashinyan , #Armaniston

Aloqador xabarlar