Yaponiyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e’lon qilinadi

Hukumat Tokio va mamlakatning uchta prefekturasi: Osaka, Kioto va Xyogoda favqulodda vaziyat rejimini kiritishga qaror qildi. Karantin 25 apreldan 11 maygacha davom etadi.

1626953
Yaponiyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e’lon qilinadi

 

Yaponiyada koronavirusning keng tarqalishi sababli yana favqulodda holat e’lon qilinadi.

Yaponiya hukumati koronavirus bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashgani sababli poytaxt Tokio va mamlakatning uchta prefekturasi: Osaka, Kioto va Xyogoda favqulodda vaziyat rejimini kiritishga qaror qildi. Yaponiyaning iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha vaziri Yasutosi Nisimuraning ma'lum qilishicha, karantin 25 apreldan 11 maygacha davom etadi.

“O’ta shiddatli darajada yuqumli mutantni nazorat ostiga olish uchun yana ham qattiqroq karantin choralarini qo’llashimiz zarur. O‘tgan yil bahoridagi kabi biz fuqarolardan uyda qolishni va ko‘chaga chiqmaslikni so‘rab qolamiz”,-dedi Nisimura. Uning ta'kidlashicha, cheklovlar koronavirusning yangi mutatsiyalari tarqalishi bilan bog‘langan.

Hukumat, shuningdek, yirik do‘konlar va oshxonalar egalariga o‘z faoliyatlarini to‘xtatib turishni tavsiya qilgan. Bundan tashqari, ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi taqiqlanadi. Avtobus va poyezdlar ish kunlari harakatni ertaroq tugatadi, dam olish kunlari esa reyslar sonini qisqartirish rejalashtirilgan.

Yaponiyaning bir nechta hududida 7 yanvardan boshlab favqulodda vaziyat rejimi amal qilib kelgan. Tokioda karantin 22 martgacha davom etgan. Biroq u bekor qilinishi bilanoq koronavirusga chalinish holatlari yana ko‘paya boshlagan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni 553 mingdan oshib ketdi, uning qurbonlari soni 10 mingga yaqinni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Yaponiya

Aloqador xabarlar