Vladimir Putin AQSh rahbarligida bo‘lib o‘tadigan Iqlim sammitida ishtirok etadi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin AQSh rahbarligida bo‘lib o‘tadigan Iqlim sammitida ishtirok etadi.

1624455
Vladimir Putin AQSh rahbarligida bo‘lib o‘tadigan Iqlim sammitida ishtirok etadi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) rahbarligida 22 - aprel kuni  online tarzda bo‘lib o‘tadigan Iqlim sammitida ishtirok etish haqida qaror qabul qildi.

AQSh Davlat rahbari Jo Baydenning taklifiga Rossiya Davlat rahbari Putin ijobiy tusda javob berdi.  

Kreml, Putinning Vashington yetakchiligida bo‘lib o‘tadigan Iqlim sammitida ishtirok etish haqida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.  

Unda Rossiya Davlat rahbarining 22 - aprel kungi sammitda ishtirok etishi ifoda etilgan holda,  

“Putin, global iqlim o‘zgarishining salbiy natijalarini yengishni ko‘zda tutgan keng ko‘lamli xalqaro hamkorlik tashkil etish masalasiga Rossiyaning ko‘z qarashi qanday bo‘lishi haqida gapiradi”. - deyildi.  

AQSh Davlat rahbari Bayden ushbu sammitga Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ham doxil  dunyoning 40 nafar Davlat liderini taklif qilgandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar