Afrinda hujumda foydalanuvchi portlaguvchi moddalar topildi

Suriyaning Halab viloyatiga qarashli Afrin tumanida, hujumda foydalanuvchi portlaguvchi moddalar topildi.

1624072
Afrinda hujumda foydalanuvchi portlaguvchi moddalar topildi

PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPGning sensatsion tusdagi harakatlarda foydalanish maqsadida Afringa yuborgan portlaguvchi moddalar, turk politisya xodimlarining amaliyotlari orqali qo‘lga kiritildi.

Hatay shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Milliy Politsiya idorasi Razvedka tashkiloti va Terrorizmga qarshi kurash bo‘limi yetakchiligi koordinatsiyasida Suriya vazifa kuchi tomonidan uyushtirilgan amaliyotda, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD/ YPGning, xalq ko‘p nuqtalarda bombali hujumlar uyushtirishi uchun tashkilot nazoratidagi Tel - Rifatdan yuborgan portlaguvchi moddalari topildi.

Hujumchi ekani aniqlangan suriyalik bir kishi qo‘lga tushirilgan amaliyotda, bomba yasashda foydalanilgan bo‘lakchalar ham qo‘lga kiritilgan.

Bayonotda, qo‘lga tushirilgan shubhali kishining ifodasini olish ishlarining daom etgani va Hatay shahar hokimligi koordinatsiyasida voqea ustidan tergov ishlari boshlatilgani qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afrin , #portlaguvchi modda , #PKK , #PYD/ YPG

Aloqador xabarlar