Misrda poyezd halokati sodir bo'ldi

Misr sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, falokat oqibatida 97 kishi jabr olgan. Biroq, ba’zi manbalarda yozilishicha,  hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan.

1623799
Misrda poyezd halokati sodir bo'ldi

 

Kecha, 18 aprel kuni Misrda poyezd halokati ro’y bergan.

Mansur shahridan poytaxt Qohiraga yo‘l olayotgan poyezdning 8ta vagoni relslardan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Voqea Qalubiya viloyatidagi Tux temir yo‘l stansiyasi yaqinida yuzaga kelgan.

Misr sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, falokat oqibatida 97 kishi jabr olgan. Biroq, ba’zi manbalarda yozilishicha, hodisa oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan.

Falokat sabablarini aniqlash bo‘yicha texnik komissiya tuzilgan.

Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, poyezd mashinisti yo‘lning ta'mirlash ishlari olib borilgan qismida soatiga 30 km tezlik bilan harakatlanish o‘rniga 120 km tezlik bilan harakatlangan. Aynan shu holat falokatga sabab bo‘lgan.

Ushbu falokat oxirgi bir oy ichida Misr temir yo‘llarida yuz berayotgan uchinchi favqulodda hodisa hisoblanadi. Mart oxirida Taxta shahrida ikki poyezd to‘qnashuvi oqibatida 32 kishi halok bo‘lgandi va 50dan ko‘proq kishi jarohat olgandi.

Shuningdek, 15 aprelda Sharqiya viloyatida poyezdning relslardan chiqib ketishi oqibatida 15 kishi jabrlangandi.


Tanlangan kalimalar: #poyezd halokati , #Misr

Aloqador xabarlar