Rossiya 20 nafar chexiyalik diplomatni “persona non grata” deb e'lon qildi

Bular Chexiyaning Rossiyadagi elchixonasida faoliyat ko’rsatgan diplomatlar bo’lib, ulardan 19 aprel oxirigacha mamlakatni tark etishni talab qilindi.

1623738
Rossiya 20 nafar chexiyalik diplomatni “persona non grata” deb e'lon qildi

 

Rossiya tashqi ishlar vazirligi 20 nafar chexiyalik diplomatni “persona non grata” deb e'lon qilib, ularni mamlakatdan chiqarish yuborishga qaror qildi.

Bular Chexiyaning Rossiyadagi elchixonasida faoliyat ko’rsatgan diplomatlar bo’lib, ulardan 19 aprel oxirigacha mamlakatni tark etishni talab qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, Rossiya Chexiyaning 18 nafar rossiyalik diplomatni o‘z hududidan chiqarib yuborish to’g’risidagi qaroriga shunday javob bergan.

Avvalroq, Rossiya tashqi ishlar vazirligi ushbu holat yuzasidan Chexiyaga e'tiroz bildirib, javob choralari ko‘rishga va'da bergandi. Rossiya tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko’ra, Chexiyaning Moskvadagi elchisi Vitezslav Pivonka tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga javob choralari ko‘rilishi haqida nota berilgan.

“Elchiga Rossiyaning Pragadagi elchixonasi xodimlariga nisbatan Chexiya tomonidan nodo‘stona harakat amalga oshirilgani yuzasidan qat'iy norozilik bildirildi. Shuningdek, Chexiyaning Moskvadagi elchixonasining 20 nafar xodimi “persona non grata” deb e'lon qilinishi ma'lum qilindi. Ularning 19 aprel kuniga qadar Rossiyani tark etishi talab qilindi”,-deyiladi Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Eslatish joizki, 17 aprel kuni Chexiya 2014 yilda Chexiyada o‘q-dori omborxonasidagi portlashga aloqadorlikda gumon qilib, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Shu sababli rossiyalik diplomatlarning 48 soat ichida mamlakatni tark etishi talab qilindi. Chexiyaning fikricha, ushbu shaxslar Rossiya razvedkasining diplomatik niqobi ostida ishlovchi xodimlari hisoblanadi.  


Tanlangan kalimalar: #diplomat , #Chexiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar