G - 7 davlatlari bilan YI Rossiyaning Ukraina bilan Qrimdagi harakatidan xavotirda

G - 7 davlatlari bilan Yevropa ittifoqi Rossiyaning Ukraina chegarasidagi harbiy yig‘inidan xavotirda ekanini bildirdi.

1620254
G - 7 davlatlari bilan YI Rossiyaning Ukraina bilan Qrimdagi harakatidan xavotirda

G - 7 davlatlari bilan Yevropa ittifoqi Rossiyaning Ukraina chegarasidagi harbiy yig‘inidan xavotirda ekanini bildirdi.

"Katta yettilik" yoki G - 7 davlatlarining tashqi ishlar vazirlari bilan Yevropa ittifoqi Oliy vakili chop etgan qo‘shma bayonotda,

“Biz, G - 7 davlatlari shu jumladan Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) tashqi ishlar vazirlari va Yevropa ittifoqi vakili olaroq Rossiyaning Ukraina chegarasida va noqonuniy ravishda o‘z tarkibiga qo‘shib olingan Qrimda davom etgan buyuk harbiy yig‘inidan chuqur xavotirdamiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Oldindan hech qanday ma’lumot bermay, ogohlantirmay turib qo‘l urilgan bu keng ko‘lamli harbiy harakatning xavf tashkil etgani va barqarorsizlashtiruvchi faoliyatlar ekaniga e’tibor qaratilgan bayonotda, Rossiya ig‘vogarchiliklarini to‘xtatish va xalqaro javobgarchiliklari doirasida muammoni hal qilishga chaqirildi.  

Bayonotda, Rosisyaning Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida harbiy harakatlilik ustidan shaffoflik masalasida bergan va’dalarini bajarishi va Vena hujjatida o‘rin olgan protseduralarga javob berishi talab qilindi.

Huddi shu davlatlar tomonidan 18 - mart kuni yozma ravishda berilgan bayonot ham yodga solinar ekan Ukrainaning mustaqillik va hududiy yaxlitligi shuningdek, ishg‘olga qarshi chiqish harakatlarining qo‘llab - quvvatlanishi takrorlandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Rossiya , #G-7 davlatlari , #Ukraina

Aloqador xabarlar