Austin Isroil, Germaniya, Britaniya va Belgiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda

AQSh Mudofaa vaziri Austin Isroil, Germaniya, Britaniya va Belgiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

1618013
Austin Isroil, Germaniya, Britaniya va Belgiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vaziri Lloyd Austin hukumat va harbiy rasmiylar bilan uchrashuv maqsadida Isroil, Germaniya, Britaniya va Belgiyaga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

Mudofaa vaziri Austin ushbu tashrifini ertaga, 10 - aprel kuni boshlaydi.

Austin Isrolida Bosh vazir Binyamin Netenyahu va Mudofaa vaziri Benny Gants bilan uchrashadi.

Germaniyada esa Mudofaa vaziri Annegret Kramp - Karrenbauer va kanslerning tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha maslahatchisi Jan Hecker bilan uchrashuv yo‘lga qo‘yadi.

Austin Germaniyadan keyin Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘ladi.

Mudofaa vaziri Bryusselda, NATO qarorgohida Bosh kotib Jesn Stoltenberg bilan uchrashadi.  

Austin oxiri Britaniyada Mudofaa vaziri Ben Uolles bilan uchrashuv o‘tkazadi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh Mudofaa vaziri , #Lloyd Austin

Aloqador xabarlar