Hindiston Nigeriyaga 100 ming doza vaksina yetkazib berdi

Hindiston hukumati tomonidan beg’araz yordam qatorida yuborilgan 100 ming doza vaksina poytaxt Abujadagi Nigeriya milliy tez yordam agentligiga (NPHCDA) topshirildi.

1614966
Hindiston Nigeriyaga 100 ming doza vaksina yetkazib berdi

 

Hindiston beg’araz yordam qatorida Nigeriyaga 100 ming doza vaksina yetkazib berdi.

Bu haqda Hindistonning Nigeriyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Abhay Thakur ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Hindiston hukumati tomonidan beg’araz yordam qatorida yuborilgan 100 ming doza vaksina poytaxt Abujadagi Nigeriya milliy tez yordam agentligiga (NPHCDA) topshirildi.

Nigeriyaga yetkazilgan vaksinalar ikki mamlakat o’rtasidagi yaqin do’stona munosabatlardan dalolat beradi.

Ta’kidlash joizki, Nigeriya COVAX dasturidan jami 4 mln 224 ming doza AstraZeneca vaksinasini qabul qilib olgandi.

Mamlakatda 5 martda boshlangan vaksinatsiya kampaniyasi doirasida 700dan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Nigeriya , #Hindiston

Aloqador xabarlar