Afg’onistonning Qandahor viloyatida 75 jangari yo’q qilindi

Bayonotga ko’ra, mamlakat janubida joylashgan Qandahor viloyatida Tolibon harakatiga qarshi keng ko’lamli harbiy operatsiya o’tkazildi. Operatsiyada 75 nafar jangari yo’q qilindi. Hududda nazorat qo’lga kiritildi.

1614826
Afg’onistonning Qandahor viloyatida 75 jangari yo’q qilindi

 

Afg’onistonning Qandahor viloyatida Tolibon harakatiga qarshi olib borilgan operatsiyada 75 jangari yo’q qilindi.

Bu haqda Afg’oniston mudofaa vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, mamlakat janubida joylashgan Qandahor viloyatida Tolibon harakatiga qarshi keng ko’lamli harbiy operatsiya o’tkazildi. Operatsiyada 75 nafar jangari yo’q qilindi. Hududda nazorat qo’lga kiritildi.

Shuningdek, Zabul, Kunar, Nangarhor va Tahhor viloyatlarini Tolibon jangarilaridan tozalash bo’yicha kuchaytirilgan harbiy operatsiyalar olib borilmoqda. Mazkur operatsiyalar davomida ko’plab jangarilar yo’q qilindi.

Qandahor xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qilishicha, yo’q qilingan jangarilar orasida Tolibon harakati yetakchilari ham bor.

Tolibon harakati kotibi Zabihullox Mujohid poytaxt Kobulning Panja Chinor mahallasida bomba joylashtirilgan mashina vositasida sodir etilgan portlashda taxminan 45 askar halok bo’lganligini ma’lum qildi. U shuningdek, xavfsizlik kuchlariga oid ko’plab transport vositasi portlatilganligini ilgari surdi.


Tanlangan kalimalar: #Tolibon , #Qandahor , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar