Indoneziyada suv toshqini va yer ko’chkisi oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi

Hodisa oqibatida Indoneziyada bir necha ko‘priklar qulagan, shuningdek, daraxtlarning qulab tushishi oqibatida ba’zi yo‘llar to‘silib qolgan. Kamida 42 nafar inson bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

1614796
Indoneziyada suv toshqini va yer ko’chkisi oqibatida 55 kishi halok bo‘ldi

 

Kecha Indoneziyada boshlangan suv toshqinlari va yer o‘pirilishi natijasida mamlakatda kamida 55 kishi halok bo‘ldi. Kamida 42 nafar inson bedarak yo‘qolgani aytilmoqda.

Reuters’ning so‘nggi xabariga ko‘ra, suv toshqinlari va yer o‘pirilishi Indoneziya va Sharqiy Timorda jami 76 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan va minglab aholini uysiz qoldirgan.

Hodisa oqibatida Indoneziyada bir necha ko‘priklar qulagan, shuningdek, daraxtlarning qulab tushishi oqibatida ba’zi yo‘llar to‘silib qolgan. Bu esa, qidiruv-qutqaruv ishlarini murakkablashtirmoqda.  Ba’zi hududlarda elektr ta’minoti to’xtab qolgan.

Indoneziyada tabiiy ofatlarning oldini olish milliy agentligining ta’kidlashicha, siklon yaqin 24 soat ichida kuchayishi, buning oqibatida esa kuchli yog’ingarchilik va shamollar, to‘lqinlar kuzatilishi mumkin.

Tegishli vakillar qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.


Tanlangan kalimalar: #suv toshqini , #Indoneziya

Aloqador xabarlar