Covid-19ning aslida oldini olish imkoni bo‘lgan ona - bola o‘limlariga yo‘l ochgani qayd etilmoqda

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) ning aslida oldini olish imkoni bo‘lgan ona - bola o‘limlariga yo‘l ochgani qayd etilmoqda.

1613464
Covid-19ning aslida oldini olish imkoni bo‘lgan ona - bola o‘limlariga yo‘l ochgani qayd etilmoqda

Yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasi davrida dunyo miqyosida go‘daklarning o‘lik tug‘ilishi holatlari va onalar o‘limi nisbati qariyb uchdan birga ortdi.

Nufuzli “The Lancet” tibbiy jurnali tomonidan chop etilgan va dunyoning 17 davlati ishtirokida 40 tadqiqot natijasiga tayangan hisobotda, ko‘chaga chiqish tartibining yo‘lga qo‘yilishi, ona - bolaga bo‘lgan xizmatning oqsashi va sog‘likni saqlash markazlariga borishdan chekinishning homiladorlik xavflarini orttirganiga e’tibor qaratildi.

Pandemiya davrida dunyo miqyosida o‘lik tug‘ilgan va onalar o‘limi nisbati qariyb uchdan birga ortganiga e’tibor qaratilgan hisobotda, Covid - 19 pandemiyasining homiladorlar va yangi onalarning manaviy salomatligiga ham salbiy ta’sir qilgani ta’kidlandi.

Hisobotda aytilishicha pandemiya davrida tug‘ruqdan keyingi depressiya, onaning xavotiri yoki ikkalasida ham ortish kuzatilgan.

Londondagi St George’s universiteti o‘qituvchisi professor Asma Khalil,

“Covid - 19 pandemiyasi sog‘likni saqlash tizimlariga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Pandemiya ayniqsa, kam va o‘rtacha daromadli mamlakatlarda ham onalar ham da bolalarning aslida oldini olish imkoni bo‘lgan o‘limlariga yo‘l ochdi”. - dedi.  



Aloqador xabarlar