Tayvanda poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 36 kishi halok bo’ldi

Poyezdda jami 350 yo’lovchi bo’lgan. Ulardan 36 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan. Bu hodisa orolda kamida so‘nggi 40 yildagi eng yirik temir yo‘l halokati deb baholanmoqda.

1613516
Tayvanda poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 36 kishi halok bo’ldi

 

Tayvanning Hualyan hududida yo’lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida 36 kishi halok bo’ldi, 60 kishi jarohatlandi.

Transport vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, poyezd tunnelda yo‘l ta'mirlovchi mashina bilan to‘qnashib, relsdan chiqib ketgan. Poyezdda jami 350 yo’lovchi bo’lgan. Ulardan 36 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan. Bu hodisa orolda kamida so‘nggi 40 yildagi eng yirik temir yo‘l halokati deb baholangan.

Poyezdning 4- va 5- vagonlari og’ir shikastlangan. Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha operativ markaz qutqaruvchilari tunnel ichkarisida qolgan va kuchli shikastlangan vagonlarga yetib borish uchun bor imkoniyatlarni ishga solmoqda. Poyezdda jami sakkiz vagondan iborat ekani aytilmoqda.

Poytaxt Taybeydan Taydunga tomon harakatlanayotgan tez yurar poyezd me'yordan ortiq yo‘lovchi olgan.

Mamlakat rahbari Tsai Ing-wen tegishli vazirlik va idoralarga voqea bilan bog’liq har qanday zarur faoliyatlarni zudlik bilan olib borishni topshirgan.


Tanlangan kalimalar: #poyezd halokati , #Tayvan

Aloqador xabarlar