AstraZeneca vaksinasining nomi Vaxzevria deb o'zgartirildi

Angliya-Shvetsiya AstraZeneca kompaniyasining COVID-19ga qarshi vaksinasi nomi 25 martda Vaxzevria deb o‘zgartirildi.  Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

1612061

Ta’kidlanishicha, bu boshqa hech qanday o‘zgarishlarga olib kelmaydi, ammo emlash bo‘yicha mutaxassislar uning nomi o‘zgarishi haqida bilishlari kerak. Chunki, mahsulot ma’lumotlari, markirovkalari va qadoqlari boshqacha ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin.

Nom o‘zgarishi mart oyida vaksinani olgan odamlarda tromboz paydo bo‘lishi haqidagi xabarlar fonida paydo bo‘ldi. Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari ehtiyot chorasi sifatida preparatni qo‘llashni to‘xtatgan edi.

Keyinchalik EMA mutaxassislari AstraZeneca vaksinasi tromboembolik asoratlarning umumiy xavfini oshirganligini tasdiqlamadilar.

Shuningdek, regulyator o‘zining xavfsizligi va samaradorligini ma’lum qildi va COVID-19ga qarshi kurashda preparatning foydasi zararidan ko'proq ekanligini ta’kidladi.

Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Vaxzevria , #AstraZeneca

Aloqador xabarlar