Suvaysh kanalini bo‘g‘ib qo‘ygan kema qutqarildi

Suvaysh kanalini bo‘g‘ib qo‘ygan "Ever Given" konteyner tashuvchi kema sayozlikdan tortib olindi. Bu haqda Misr prezidenti maslahatchisi Ihab Memish davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

1610457
Suvaysh kanalini bo‘g‘ib qo‘ygan kema qutqarildi

 

Suvaysh kanalini bo‘g‘ib qo‘ygan "Ever Given" konteyner tashuvchi kema sayozlikdan tortib olindi.

Bu haqda Misr prezidenti maslahatchisi Ihab Memish davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Uning ta'kidlashicha, kemaning dvigatellari ishlamoqda, kema soz. U shimolga, Katta Achchiqko‘l tomon yo‘nalish olgan.

Mahalliy matbuotda o'rin olgan xabarlarda ta’kidlanishicha, qatnovning qachon tiklanishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Bu yerda 370 ta kema, jumladan, 25 ta tanker kutib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 24-mart kuni 220 ming tonnali va uzunligi 400 metrli "Ever Given" konteyner tashuvchi kema mamlakatda ko'tarilgan qum bo'roni va salbiy havo shartlari tufayli qoyalikka urilib, Suvaysh kanalining janubiy qismini to'sib qo'ygandi. Bu esa, dengiz kema qatnovining to'xtashiga olib kelgandi.

Suvaysh kanalini boshqarishdan mas'ul rahbar Usame Rabi "Ever Given" konteyner tashuvchi kemani qutqarish operatsiyasini muvaffaqiyatli baholadi. U kema harakatini ta'minlash uchun 12 ta qutqaruv kemasidan foydalanilganligini bildirdi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ever Given , #Suvaysh kanali

Aloqador xabarlar