JSST:Afrika qit’asidagi 44 davlatga koronavirusga qarshi vaksina yuborildi

JSST ushbu 44 davlatdan 32 nafarida koronavirusga qarshi emlash boshlanganligini ma’lum qildi.

1609112
JSST:Afrika qit’asidagi 44 davlatga koronavirusga qarshi vaksina yuborildi

 

JSSTning COVAX tashabbusi bilan Afrika qit’asida joylashgan 44 davlatga koronavirusga qarshi vaksina yuborildi.

JSSTning twitterdagi sahifasida ma’lum qilinishicha, shu kungacha o’ta tahlikali hududlarga 7.7 mln doza vaksina yetkazilgan.

“COVID-19ga qarshi vaksinalarga erishish dasturi COVAX tashabbusi bilan 44 nafar Afrika davlatiga beg’araz yordam qatorida vaksina yetkazib berildi”,-deyiladi ma’lumotda.

Shuningdek, JSST ushbu 44 davlatdan 32 nafarida koronavirusga qarshi emlash boshlanganligini ma’lum qildi.

Hozirda Afrika qit’asida koronavirusga chalinganlar soni 4 mln 168 mingni tashkil qilmoqda. Epidemiya tufayli vafot etganlar soni 111 mingdan ko’proq.

 


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #vaksina , #JSST

Aloqador xabarlar