Kolumbiyada ro’y bergan sel falokatida 45 kishi halok bo’ldi

Mamlakat hududlarining katta qismi seldan zarar ko’rdi va 45 kishi halok bo’ldi, 23 kishi jarohatlandi, 3 kishi bedarak yo’qoldi. Sel va suv toshqinlarida 3451 oila jabrlandi, 36 ming aholi evakuatsiya qilindi.

1608051
Kolumbiyada ro’y bergan sel falokatida 45 kishi halok bo’ldi

 

Kolumbiyada ro’y bergan sel falokatida 45 kishi halok bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, yog’ingarchilik mavsumi boshlangandan beri mamlakatning ko’plab hududlarida suv toshqinlari va tuproq ko’chkilari yuz bermoqda.

Mamlakat hududlarining katta qismi seldan zarar ko’rdi va 45 kishi halok bo’ldi, 23 kishi jarohatlandi, 3 kishi bedarak yo’qoldi. Sel va suv toshqinlarida 3451 oila jabrlandi, 36 ming aholi evakuatsiya qilindi.

Kolumbiyaning Antioquia, Valle del Cauca, Narino, Huila va Cundinamarca hududlari seldan eng og’ir jabrlangan hududlar bo’ldi.

Tegishli vakillar yomg’ir mavsumi sababli xalqni daryolar, soylar va suv bo’ylariga bormaslikka chaqirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #sel , #Kolumbiya

Aloqador xabarlar