Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berishicha, Putin o‘zini yaxshi his qilmoqda. Prezident taxminan uch hafta o’tgach, vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qiladi.

1607661
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha koronavirusga qarshi emlandi.

Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi.

“Putin koronavirusga qarshi emlandi, u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Unga qaysi vaksina emlanganligini shifokori biladi”,-dedi Peskov. Uning ta’kidlashicha, Putin taxminan uch hafta o’tgach, vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qiladi.

Oldinroq Putin koronavirusga qarshi emlash jarayoni ommaviy ko‘rsatilishini xohlamagani ma'lum bo‘lgandi. Peskov bu holatni izohlar ekan Putinga kamera qarshisida emlanish yoqmasligini aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #Rossiya , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar