Bangladeshdagi qochqinlar lagerida dahshatli yong‘in sodir bo'ldi

BMT Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarining Bangladeshdagi boshqarmasi vakili Yohannes van der Klaauv ma’lum qilishicha, fojia tufayli taxminan 400 kishi bedarak yo‘qolgan. Qidiruv ishlari davom etmoqda.

1607565
Bangladeshdagi qochqinlar lagerida dahshatli yong‘in sodir bo'ldi

 

Bangladeshning Koks-Bazar shahrida myanmalik rohinja qochqinlari uchun mo‘ljallangan Baluxali lagerida yirik yong‘in yuz berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, dahshatli yong’inda kamida 28 kishi halok bo’lgan, 40dan ortiq kishi jarohatlangan.

Burma inson huquqlari qo’mitasi ijro direktori Kyav Vin ma’lum qilishicha, yong’inda taxminan 15 ming kulba yonib ketgan.

BMT Qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarining Bangladeshdagi boshqarmasi vakili Yohannes van der Klaauv jurnalistlarga ma’lum qilishicha, fojia tufayli taxminan 400 kishi bedarak yo‘qolgan. Qidiruv ishlari davom etmoqda, halok bo‘lganlar soni oshishi mumkin. 20 mingdan ziyod qochqin lagerni tark etgan.

U yong’inni “o’ta dahshatli va vayronkor” deb baholab, Xalqaro migratsiya tashkilotidan shoshilinch yordam talab qildi. Yordam faoliyatlari avvalo eng nochor va himoyasiz ahvolda bo’lgan ayollar va bolalarga yetkazilishi qayd etildi.

Kecha, 23 mart seshanba oqshomi boshlangan yong‘in sababi hozircha noma'lum. Bangladesh hukumati yong’inning kelib chiqish sabablari bo’yicha tergov-surishtiruv harakatini olib bormoqda.

BMTga ko’ra, hozirda millionlab rohinja musulmonlari Bangladesh janubidagi lagerlarda yashamoqda. Ularning aksariyati Myanmadan 2017 yilda harbiylar sodir etgan qirg’in vaqtida qochib ketgan. BMT rohinjalarga qarshi qirg’inni “genotsid” deb baholagan, biroq Myanma hukumati buni rad etib kelmoqda.


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #Bangladesh

Aloqador xabarlar