Blinken: Turkiyaning NATOga bo‘lgan sadoqatining davom etishi hammamizning foydasiga

Entoni Blinken NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi uchun Davlat kotibi sifatida birinchi marotaba borgan NATO qarorgohida Bosh kotib Yens Stoltenberg bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

1606977
Blinken: Turkiyaning NATOga bo‘lgan sadoqatining davom etishi hammamizning foydasiga

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinkenning qayd etishicha, Turkiyaning NATOga bo‘lgan sadoqatining davom etishi hammaning foydasiga.

Entoni Blinken NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi uchun Davlat kotibi sifatida birinchi marotaba borgan NATO qarorgohida Bosh kotib Yens Stoltenberg bilan matbuot anjumani uyushtirdi.

“Bugun bu yerga AQShning ittifoqqa qanchalik sodiq ekanini yetkazish maqsadida keldim”. - degan Blinken, AQShning NATO tarkibidagi davlatlar bosh bo‘lish bilan birga sherikliklarni takror inshoo etish niyatida ekanini ma’lum qildi

Blinken,

“O‘tmishda bo‘lganidek bugunning xavflariga qarshi ham kuchli va ta’sirli ekani uchun ittifoqni qayta tiklashni xohlaymiz”. - dedi.

AQSh va NATOning Turkiya bilan bo‘lgan munosabatlari haqida ham bayonotlar bergan Blinken,

“Turkiya bilan uzoqqa tayangan o‘tmishimiz bor va biz qadrlagan ittifoqimizdir. Turkiyaning NATOga bo‘lgan sadoqatining davom etishi hammamizning foydasiga. AQSh bilan NATO, Turkiyani yaqinida tutishni xohlaydi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Xalqaro kuchlarning Afg‘onistonni tark etishi haqidagi savolga javob bergan Blinken, bu boradagi baholash jarayonining davom etganini belgilab o‘tgan holda,

“Balki yana - da muhim jihati men bu yerga tinglash va muzokara qilish uchun keldim chunki, ittifoqlarning qilgan ishi shudir”. - deya gapirdi.

Blinken AQSh askarlarining Afg‘onistonni tark etishi masalasida quyidagilarni qayd etdi:

“Afg‘onistonga birga bordik, birgalikda amal qildik va to‘g‘ri vaqt kelganida birgalikda tark etamiz. Bu yerda mushtarak bir so‘z bor. U ham bo‘lsa, birga bo‘lish. (AQSh) Rahbari (Jo) Bayden, 1 - may kuni tark etishga ulgurishning qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligini aytgandi. Lekin AQSh nima qilsa ham ittifoqlarining qanday fikrda ekanini hisobga olgan ravishda amalga oshiradi”.

NATO Bosh kotibi Stoltenberg esa Afg‘onistonni takr etish masalasida birgalikda qaror qabul qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratgan holda, Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralarining mamlakatdagi siyosiy muammolarning hal qilinishining yagona yo‘li ekanini qayd etdi.

AQShning tinchlik muzokaralarini qayta tiklash say - harakatlaridan xursand ekanliklarini ifoda etgan Stoltenberg, Tolibondan shiddatni tushirishi va xalqaro terror guruhlarini qo‘llab - quvvatlashni bas qilishini talab qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar