Asad rejimi hujmi oqibatida qariyb 400 ming kishi tibbiy xizmatdan mahrum qoldi

Tunov kungi Asad rejimi hujmi oqibatida qariyb 400 ming kishi tibbiy xizmatdan mahrum qoldi.

1606589
Asad rejimi hujmi oqibatida qariyb 400 ming kishi tibbiy xizmatdan mahrum qoldi

Suriyada Bashar al - Asad rejimi va uni qo‘llab - quvvatlagan Eron nazoratidagi terrorist guruhlar, Halabning g‘arbidagi Etarip tumanida nishonga olgan kasalxonani vayron qilishi ortidan tinch aholidan qariyb 400 ming kishi tibbiy xizmatdan mahrum bo‘ldi.  

Etarib kasalxonasi direktori O‘mer Hallak, rejim kuchlarining kasalxonaga qarshi ko‘plab qurolli hujum uyushtirganini qayd etdi.

To‘satdan bombardimon ostida qolganliklarini bildirgan Hallak,

“Generator xonasi, tez yordam bo‘limi, tug‘iriqxona va bir necha klinika foydalanishdan chiqdi”. - dedi.

Hallak kasalxonada, Etarib va atrofida yashagan 400 ming tinch aholiga tibbiy xizmat berilganini va bir oyda kamida 6, eng ko‘p 7 ming kishining davolanganini ta’kidladi.

Rejim kuchlarining 2021 - yilning 21 - marti kuni, al - Etarib tumanidagi kasalxonaga qarshi uyushtirgan hujumlarida tinch aholidan 7 kishi halok bo‘lib, 15 kishi tan jarohati olgandi. Tan jarohati olganlardan 5 nafari tibbiy xodimlardan bo‘lgan.  

 



Aloqador xabarlar