Fransiyada 20 martdan boshlab 4 haftalik karantin cheklovi joriy etiladi

Fransiya bosh vaziri Jan Kasteksning ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirus pandemiyasi tezkor tarqalishda davom etmoqda. Ayniqsa, oxirgi haftalarda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan.

1604311
Fransiyada 20 martdan boshlab 4 haftalik karantin cheklovi joriy etiladi

 

Fransiyada epidemik vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatning 16ta departamentida 20 martdan boshlab 4 haftalik karantin cheklovi joriy etiladi.

Fransiya bosh vaziri Jan Kasteksning ma'lum qilishicha, mamlakatda koronavirus pandemiyasi tezkor tarqalishda davom etmoqda. Ayniqsa, oxirgi haftalarda pandemiya bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan. Virus tarqalishi sur'ati tezlashgan.

“Koronavirusning uchinchi to’lqini Yevropaning bir qator shaharlarida davom etmoqda. Buning sababi virusning ingliz shtammi. Bu COVID-19ga chalinganlarning to’rtdan uch qismini tashkil qiladi. Koronavirusning mutatsiyaga uchragan ushbu turi juda tez tarqaladi va o’ta tahlikali”,-deb aytgan Jan Kasteks.

Uning ta'kidlashicha, karantin rejimi 20 mart soat 00:00dan boshlab kuchga kiradi.

Karantinga olinadigan hududlar poytaxt Parijda joylashgan Il-de-Frans regionida 8ta, shimoldagi O-de-Frans regionida 5ta hamda Dengizbo‘yi Alplari (janub), Dengizbo‘yi Sena (g‘arb) va Er (g‘arb) departamentlari hisoblanadi. Karantin vaqtida oziq-ovqat do‘konlaridan boshqa barcha do‘konlar yopiladi. Biroq, maktablar ochiq bo’ladi.


Tanlangan kalimalar: #karantin , #pandemiya , #Fransiya

Aloqador xabarlar