Tehron, UAEAning o‘z vazifasini olib borishi uchun hamkorlik qilishda qarorli

Tehronda Irlandiya Tashqi Ishlar vaziri Saymon Koveni bilan uchrashgan Ruhoniy, yadroviy shartnoma va UAEA bilan hamkorlik qilish masalalarini baholadi.

1596962
Tehron, UAEAning o‘z vazifasini olib borishi uchun hamkorlik qilishda qarorli

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy Tehronning, Xalqaro atom energiyasi agentligining (UAEA) o‘z vazifasini olib borishi uchun hamkorlik qilishda qarorli ekanligini bildirdi.

Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra poytaxt Tehronda Irlandiya Tashqi Ishlar vaziri Saymon Koveni bilan uchrashgan Ruhoniy, yadroviy shartnoma va UAEA bilan hamkorlik qilish masalalarini baholagan.

Eronning majlis tomonidan qabul qilingan qarorga amal qilgan holda NPT doirasida 2016 - yildan beri o‘z ixtiyori bilan yo‘lga qo‘ygan qo‘shimcha pratokol tarkibidan chiqqaniga e’tibor qaratgan Ruhoniy,

“NPT qo‘shimcha protokolini yo‘lga qo‘yish ishlari to‘xtadi lekin Eron shartnoma asosida UAEAning o‘z vazifasini amalga oshirishi uchun hamkorlik qilishda qarorlidir”. - degan ifodalarga o‘rin bergan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashining, Amerika Qo‘shma Shtatlarining avvalgi yetakchiligiga qarshi munosib tarzda kurash olib borishi kerakligini ifoda etgan Ruhoniy,

“Eron mintaqadagi inqirozni hal qilish uchun xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyor. Muammolarning hal qilinishi uchun eng to‘g‘ri yo‘l, o‘zaro hurmatga tayangan muzokaralar va har qanday xavf bilan bosimdan uzoq bo‘lishdir”. - degan fikrini bayon etgan.

Yadroviy shartnomaning jonlantirilishi uchun AQShning sanksiyalarni bekor qilishi va barcha tomonlarning o‘z javobgarchiligini to‘liq bajarishiga bog‘liq ekanini takrorlagan Ruhoniy, Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarni bunga qadam tashlamayotganini tanqid qilgan.

Ruhoniy quyidagilarni qayd etgan:

“Eron yadroviy shartnomaga sodiq qoldi va buning uchun badal to‘lagan yagona davlat bo‘ldi lekin vaziyat bunday davom etolmaydi. Yadroviy shartnomaning saqlanib qolishi va jonlantirilishi uchun barcha tomonlarning 2231 raqamli BMTXK qaroriga amal qilishi zaruriydir. AQSh, sanksiyalarni bekor qilib, xavf bilan bosim siyosatini tark etganida Eron vaqtni qo‘ldan boy bermay yadroviy shartnomadagi javobgarchiliklarini bajarishga tayyordir”.

Koveni ham yadroviy shartnomani “tinchlik uchun muhim xalqaro shartnoma” deb baholagan.

Irlandaning BMTXKning vaqtinchalik a’zosi sifatida bu borada faoliyat olib borishni davom etishini ifoda etgan Koveni, shartlarning yaxshilanishi va tomonlarning takror muzokaralarni boshlatishi uchun har qanday rolni o‘ynashga tayyor ekanliklarini qayd etgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Tehron , #Ruhoniy , #yadroviy shartnoma

Aloqador xabarlar