Suriyadagi portlashda 18 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Hama viloyatidagi portlashda 18 kishi halok bo‘ldi.

1597282
Suriyadagi portlashda 18 kishi halok bo‘ldi

Suriyada Bashar al - Asad rejimi nazoratidagi Hama viloyatining sharqida, mina portlashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi va 3 kishi tan jarohati oldi.

Rejimning SANA axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko‘ra mamlakatning o‘rta qismida, Hama viloyatining sharqidagi Salimiyya tumanining Vodiy al - Azib mintaqasida ikkita mina portlagan.

Oqibatida 18 kishining halok bo‘lgani va 3 kishining tan jarohati olgani ifoda etildi.

Portlash yuz bergan mintaqa, Asad rejimiga oid kuchlar va Eron tomonidan qo‘llab - quvvatlangan chet ellik terroristlar nazoratiga olingan.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Hama , #Bashar al - Asad rejimi

Aloqador xabarlar