Papa Fransisk Arbilda Aylon Kurdining otasi bilan uchrashdi

Katoliklarning diniy rahnamosi papa Fransisk Arbilda, Aylon Kurdining otasi bilan uchrashdi.

1597062
Papa Fransisk Arbilda Aylon Kurdining otasi bilan uchrashdi

Katoliklarning diniy rahnamosi papa Fransisk, Mug‘laning Bodrum tumanida puflangan qayiqning cho‘kishi oqibatida sohilga chiqib qolgan jonsiz badani bilan kun tartibida keng ko‘lamli o‘rin olgan suriyalik Aylon Kurdining otasi bilan uchrashdi.  

Vatikan tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Iroqning Arbil shahriga bo‘lgan tashrifi chog‘ida papaning, Franso Hariri stadionida uyushtirilgan marosim ortidan Aylon Kurdining otasi Abdulloh Kurdi bilan uchrashuv o‘tkazgani qayd etidli.

Bayonotda, papaning, oilasidan ajragan Abdulloh Kurdining dardini tinglagani ifoda etildi.

Kurdining esa e’tibori uchun papaga minnatdorchilik bildirib, Aylonning fotosuratlaridan birini taqdim etgani bildirildi.

Turkiyaning Mug‘la viloyatiga qarashli Bodrum tumanida 2015 - yilning 2 - sentabri kuni Gretsiyaga o‘tish uchun o‘tirgan puflangan qayiqning cho‘kishi oqibatida suriyalik 5 kishi halok bo‘lgandi. Ulardan biri 3 yashar Aylon Kurdi va uning akasi bilan onasi edi.  

Aylonning sohildagi jonsiz badani o‘rin olgan fotosurat, Suriyadagi urushning dahshatli yuzini birinchi marotaba yaqqol o‘rtaga qo‘yib, xalqaro hamjamiyatni muhojirlar muammosiga e’tibor qaratgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Aylon Kurdi , #Arbil , #papa Fransisk

Aloqador xabarlar