AQSh Turkiyadan Afg’onistondagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilisini iltimos qiladi

“Kelgusi haftalarda Turkiyadan Afg’onistondagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishini iltimos qilmoqchimiz”,-dedi Entoni Blinken Afg’oniston prezidenti Ashraf G’aniga yo’llagan maktubida.

1596980
AQSh Turkiyadan Afg’onistondagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilisini iltimos qiladi

 

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Turkiyadan Afg’oniston hukumati va Tolibon o’rtasidagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishini iltimos qiladi.

Blinken bu haqda Afg’oniston prezidenti Ashraf G’aniga yo’llagan maktubida ma’lum qilgan. U shuningdek, Ashraf G’ani va Afg’oniston milliy kelishuv oliy kengashi rahbari Abdullah Abdullahga tinchlik muzokaralari uchun tavsiyalarini ilgari surgan.

“Kelgusi haftalarda Turkiyadan Afg’onistondagi tinchlik muzokaralariga mezbonlik qilishini iltimos qilmoqchimiz”,-dedi Entoni Blinken Afg’oniston prezidenti Ashraf G’aniga yo’llagan maktubida.

Maktubda qayd etilishicha, AQSh 1 maygacha Afg’onistondan o’z harbiylarini butunlay olib chiqib ketadi. Bundan keyin ham Afg’oniston qurolli kuchlariga moliyaviy yordamlar berib boriladi, biroq AQSh mamlakat xavfsizligidan xavotirda. Tolibon fursatdan foydalanib, Afg’oniston hududlarini bosib olishga kirishishi mumkin.

AQSh prezidenti Jo Bayden ham Asgraf G’ani va Abdullohdan tinchlik muzokaralarini tezlashtirishni talab qildi va tinchlik muzokaralari bo’yicha bir qator yangi tavsiyalar berdi.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Turkiya , #Entoni Blinken , #AQSh

Aloqador xabarlar