Gretsiyaning Larissa shahrida 6.2 magnitudali zilzila ro’y berdi

Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining internet saytida berilgan ma’lumotga ko’ra,  zilzila kecha Turkiya vaqti bilan soat 21:24da sodir bo’lgan. Zilzila o’chog’i yerning 34.05 km tagida joylashgan.

1594807
Gretsiyaning Larissa shahrida 6.2 magnitudali zilzila ro’y berdi

 

Gretsiyaning Larissa shahrida 6.2 magnitudali zilzila ro’y berdi. Zilzila ortidan shaharda yana 5 va 4.2 ball yer qimirlashi yuzaga keldi.

Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining internet saytida berilgan ma’lumotga ko’ra,  zilzila kecha Turkiya vaqti bilan soat 21:24da sodir bo’lgan. Zilzila o’chog’i yerning 34.05 km tagida joylashgan.

Birinchi zilziladan so’ng, yana Larissa shahrida Turkiya vaqti bilan soat 21:49da 4.2 magnitudali zilzila ro’y bergan. Bu safar zilzila yerning 4.73 km tagida yuzaga kelgan.

Zilzila Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida ham sezilgan.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Larissa , #Gretsiya

Aloqador xabarlar