Bu yil haj ziyoratiga kelmoqchi bo'lganlar koronavirusga qarshi emlangan bo'lishi shart

Saudiya Arabistoni joriy yilda haj ziyoratiga keluvchilardan koronavirusga qarshi emlangan bo’lishini talab qiladi.

1593595

Bu haqda mahalliy “Ukaz” gazetasi xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 2021 yilda haj amalini ado etish iyul oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Haj ziyoratiga kelmoqchi bo’lganlar qat’iyan koronavirusga qarshi emlangan bo’lishi shart.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Tofiq ar-Rabia ma’lum qilishicha, haj amalini ado etish uchun mamlakatga keladigan musulmonlar koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan bo’lishi shart. Bu ular uchun majburiy. Ayni vaqtda haj ziyoratiga kelish shartlaridan biri hisoblanadi.

Hozirda Saudiya Arabistonining asosan Makka, Madina va boshqa muqaddas makonlarda salomatlik muassasalarida xizmat qiladigan tibbiy xodimlarni belgilash bo’yicha tayyorgarlik faoliyatlari olib borilmoqda.

Vazir Tofiq ar-Rabia hojilar uchun COVID-19 komissiyasini tuzish bo’yicha ko’rsatma berdi.

Aloqador xabarlar