AQSh prezidenti Jo Bayden Meksika davlat rahbari bilan muloqot qildi

Meksika bilan AQSh o’rtasidagi munosabatlarning ahamiyatiga to’xtalgan Jo Bayden: “Meksikaga oddiy chegaradosh mamlakat sifatida qaramaymiz. Meksika bizning tengimizdir”,-dedi.

1593267
AQSh prezidenti Jo Bayden Meksika davlat rahbari bilan muloqot qildi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden Meksika davlat rahbari Andres Manuel Lopez Obrador bilan videokonferensiya shaklida muloqot qildi.

Yetakchilar muloqot chog’ida ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarni ko’zdan kechirdi va ikki mamlakatni xavotirga solayotgan xususlar bo’yicha fikr almashdi.

Meksika bilan AQSh o’rtasidagi munosabatlarning ahamiyatiga to’xtalgan Jo Bayden: “Meksikaga oddiy chegaradosh mamlakat sifatida qaramaymiz. Meksika bizning tengimizdir”,-dedi.

Jo Bayden vitse-prezidentlik davrida Lotin Amerikaga jami 16 marta rasmiy ziyorat amalga oshirdi. Ulardan 4 nafarini Meksikaga amalga oshirgan. Bayden Meksikaning insoniy qadriyatlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega ekanligini ma’lum qilgan.

“AQSh va Meksika birgalikda qo’lni-qo’lga berganda yana-da kuchli bo’ladi. Biz bir-birimizga nisbatan mukammal qo’shni emasdik. Biroq, endilikda birgalikda harakat qilsak, yana ham xavfsizroq bo’lamiz”,-deb aytgan Jo Bayden.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Meksika , #AQSh

Aloqador xabarlar