Turkiya YXHTning Ukrainadagi missiyasi faoliyatlarini qo'llab-quvvatlaydi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi kuzatuv missiyasi tarkibidagi turk delegatsiyasi bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o’tkazdi.

1593541

Mavlud Chavusho’g’li bu haqda twitterda ma’lum qildi.

“Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi kuzatuv missiyasi tarkibidagi turk delegatsiyasi bilan online uchrashuv o’tkazdik. Ular muvaffaqiyatli faoliyatlari bilan nafaqat u yerdagi vaziyatni tinchlantirishga hissa qo’shmoqda, balki barqarorlik o’rnatilishiga zamin yaratmoqda. Missiya faoliyatlarini qo’llab-quvvatlashda davom etamiz”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

Aloqador xabarlar