Ekvadorda mahbuslar isyoni 67 kishining hayotiga zomin bo'ldi

Mahalliy matbuotga intervyu bergan vakillarning ta’kidlashicha, qamoqxonada mahbuslar orasida ro’y bergan isyon uyushgan to’dalar o’rtasida o’zaro liderlik talashidan kelib chiqqan. Isyon kecha tongda uchta shaharda bir paytning o’zida boshlangan.

1589945
Ekvadorda mahbuslar isyoni 67 kishining hayotiga zomin bo'ldi

 

Janubiy Amerikaning shimoli-gʻarbida joylashgan Ekvador Respublikasidagi qamoqxonalarda isyon ko’tarildi.

Politsiya tomonidan isyonni bostirish vaqtida 67 nafar mahbus halok bo’ldi.

Mahalliy matbuotga intervyu bergan vakillarning ta’kidlashicha, qamoqxonada mahbuslar orasida ro’y bergan isyon uyushgan to’dalar o’rtasida o’zaro liderlik talashidan kelib chiqqan. Isyon kecha tongda uchta shaharda bir paytning o’zida boshlangan.

Guayaquil, Cuenca va Latacunga qamoqxonalarida mahbuslar ko’targan isyon vaqtida 67 kishi halok bo’lgan.

Internet tarmoqlarida tarqalgan tasvirlarda ba’zi mahbuslarning boshi tanasidan judo qilingani kuzatilgan.

Mamlakat prezidenti Lenin Moreno twitter orqali voqeaga munosabat bildirdi.

“Mamlakatdagi turli qamoqxonalarda jinoiy guruhlar bir vaqtning o’zida isyon ko’tardi. Xavfsizlik kuchlari Guayaquil, Cuenca va Latacunga qamoqxonalarida xavfsizlikni qo’lga olish uchun rejaga muvofiq operatsiya boshladi”,-deb ma’lum qilgan prezident Lenin Moreno twitterdagi sahifasida.


Tanlangan kalimalar: #isyon , #Ekvador

Aloqador xabarlar