Misrning Maryut ko’lida 17 kishi cho'kib ketdi

Iskandariya xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qilishicha, bir oiladan 17 kishi hordiq chiqarish uchun ikkita baliqchi qayig’ida kichik orolga sayohatga chiqqan. Ular oroldan qaytayotganda Maryut ko’lida cho’ka boshlagan.

1588880
Misrning Maryut ko’lida 17 kishi cho'kib ketdi

 

Misrning Maryut ko’lida ikkita qayiq halokatga uchradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, qutqaruvchilar 7 kishining jasadini topishga muvaffaq bo’lishgan.

Iskandariya xavfsizlik boshqarmasi ma’lum qilishicha, bir oiladan 17 kishi hordiq chiqarish uchun ikkita baliqchi qayig’ida kichik orolga sayohatga chiqqan. Ular oroldan qaytayotganda Maryut ko’lida cho’ka boshlagan. Halokat sabablari ma’lum emas.

Voqea joyiga tez yordam xizmati, sohil xavfsizlik xizmati va qutqaruvchilar yetib kelishgan. Ko’lda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Maryut , #halokat , #Misr

Aloqador xabarlar