Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mln 485 mingdan oshdi

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 512 ming 590 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 826 ming 307 nafarni tashkil qilmoqda.

1588929
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 mln 485 mingdan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 485 ming 390 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 112 mln 263 mingdan oshdi,  87 mln 798 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 512 ming 590 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 826 ming 307 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 178 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 120 ming 757 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 10 ming 641ta yangi holat qayd etildi. Mamlakat bo’ylab koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 4 mln 126 ming 150 nafarni tashkil qilmoqda. Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda karantin cheklovlari 8 martdan bekor qilinishini e'lon qildi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 274 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 95 ming 992 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 9 ming 630 kishiga oshib, 2 mln 818 ming 863 nafarni tashkil qilmoqda. Italiyada Afrikadan qaytgan bir kishida koronavirusning shu kungacha hech uchramagan yangi turi aniqlandi.

Fransiyada so’nggi bir kunda 333 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 84 ming 613 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 4 ming 646ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 609 ming 827 nafarni tashkil qilmoqda. Poytaxt Parijda karantin cheklovlari doirasida ma’lum bir soatlarda spirtli ichimlik iste’mol qilish taqiqlandi.

Meksikada so’nggi bir kunda 429 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 180 ming 536 nafarni tashkil qilmoqda. Meksika hukumati mamlakatda 60 yoshdan kattalar va muhojirlarga Xitoy vaksinasi emlanishini ma’lum qildi.

Koronavirus qurbonlarining umumiy soni Braziliyada 247 ming 276 nafar, Meksikada 180 ming 536 nafar, Argentinada 51 ming 359 nafar, Kolumbiyada 58 ming 974 nafar, Peruda 45 ming 263 nafar, Chilida 20 ming 126 nafar, Boliviyada 11 ming 470 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar