Italiyada koronavirusning shu kungacha uchramagan yangi turi aniqlandi

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Italiyada Afrikadan qaytgan bir kishida koronavirusning shu kungacha hech uchramagan yangi turi aniqlandi.

1588013
Italiyada koronavirusning shu kungacha uchramagan yangi turi aniqlandi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 478 ming 170 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 111 mln 962 mingdan oshdi,  87 mln 331 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 511 ming 133 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 765 ming 423 nafarni tashkil qilmoqda.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 215 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 120 ming 580 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 4 mln 115 ming 509 nafarni tashkil qilmoqda.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 232 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 95 ming 718 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 13 ming 452 kishiga oshib, 2 mln 809 ming 246 nafarni tashkil qilmoqda. Italiyada Afrikadan qaytgan bir kishida koronavirusning shu kungacha hech uchramagan yangi turi aniqlandi.

Fransiyada so’nggi bir kunda 160 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 84 ming 306 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 22 ming 46ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 605 ming 181 nafarni tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar