Rossiya estoniyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharova Moskvada videokonferensiya shaklida o’tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

1586774
Rossiya estoniyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yubordi

 

Rossiya Moskvadagi Estoniya elchixonasida xizmat qilgan diplomatni mamlakat hududlaridan chiqarib yubordi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Mariya Zaharova Moskvada videokonferensiya shaklida o’tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, Moskvadagi Estoniya elchisi Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

“Elchiga estoniyalik diplomatning deportatsiya qilinganligiga doir protesto notasi berildi”,-dedi Mariya Zaharova.

Uning ta’kidlashicha, Estoniya bundan avval Rossiyaning Tallindagi elchixonasida xizmat qilgan rus diplomatni  “persona non grata” deb e’lon qilib, mamlakat hududlaridan chiqarib yuborgandi. Xatto, buning sababini aniq ma’lum qilmagandi.


Tanlangan kalimalar: #Estoniya , #Rossiya

Aloqador xabarlar