AQSh Eronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklash bo’yicha talabini bekor qildi

AQSh Tramp davrida Eronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklash bo’yicha talabini bekor qildi. AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi bu haqda BMT xavfsizlik kengashiga maktub yo’lladi.

1586727
AQSh Eronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklash bo’yicha talabini bekor qildi

 

AQSh Tramp davrida Eronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklash bo’yicha talabini bekor qildi.

AQShning BMTdagi doimiy vakolatxonasi bu haqda BMT xavfsizlik kengashiga maktub yo’lladi.

Maktubda sobiq prezident Donald Tramp ma'muriyatining Eronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklash haqidagi talabini bekor qilishi qayd etildi.

Avvalroq, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Germaniya, Fransiya, Britaniya tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda Jo Bayden ma'muriyati Eron bilan yadro kelishuvini bajarishga qaytish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga tayyorligini ma'lum qilgandi.     

AQSh Eronga qarshi birinchi sanksiyalarini 1970-yillarda kiritgan. O‘shandan beri Vashington Eron iqtisodiyotining turli tarmoqlariga bosimni kuchaytirib kelgan. 2015 yilda Vashington Eron bilan yadro kelishuvi tuzilgandan keyin sanksiyalarning bir qismini bekor qilgandi. Biroq, 2020 yilda Donald Tramp ma'muriyati Eron yadro quroli ishlab chiqish rejasidan qaytmaganini aytib, sanksiyalarni qayta tiklagandi.

AQSh BMT xavfsizlik kengashining e’tirozlariga qaramay, Eronga qarshi BMT sanksiyalarini 19 sentyabrda bir tomonlama joriy etishni boshlagandi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #AQSh

Aloqador xabarlar