NATO, PKK tomonidan shahid qilingan Turk fuqarolari uchun Turkiyaga ta'ziya izhor etdi

Yens Stoltenberg videomuloqat orqali uyushtirilgan ikki kunlik NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishining birinchi kungi majlisi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1585930
NATO, PKK tomonidan shahid qilingan Turk fuqarolari uchun Turkiyaga ta'ziya izhor etdi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Garada 13 Turk fuqarosining o‘ldirilishini qoralaganini bildirgan holda, NATO tarkibidagi davlatlarning Turk xalqiga ta’ziya izhorini yetkazdi.

Yens Stoltenberg videomuloqat orqali uyushtirilgan ikki kunlik NATO Mudofaa vazirlari yig‘ilishining birinchi kungi majlisi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Iroqning shimolida 13 Turk fuqarosining PKK terror tashkiloti tomonidan shahid qilinishi haqidagi savolga javob bergan Stoltenberg, Turkiyaga ta’ziya izhor etdi.

Stoltenberg, qatliom javobgarlarini keskin qoralaganini ta’kidlab,

“Ittifoqchilar, Mudofaa vazirlarining bugungi yig‘ilishida ta’ziyalarini izhor etdi. Ular Turk xalqi bilan birdamlik ichidalar”. - dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #NATO , #Gara , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar