Gvineyada tarqalgan ebola epidemiyasi tufayli 6 kishi vafot etdi

BMT Gvineya va Kongo Demokratik Respublikasida takror tarqala boshlagan ebola epidemiyasiga qarshi kurash uchun 15 mln dollar mablag’ ajratishini ma’lum qildi.

1586078
Gvineyada tarqalgan ebola epidemiyasi tufayli 6 kishi vafot etdi

 

Gvineyada tarqalgan ebola epidemiyasi tufayli vafot etganlar soni 6 kishiga yetdi.

Bu haqda milliy sog’liqni saqlash bo’yicha agentlik yozma bayonot berdi. Bayonotga ko’ra, shu kungacha 125 kishida ebola virusi kuzatilgan. Mamlakatda 2016 yildan buyon ebola epidemiyasidan o’lim holati kuzatilmagandi.

Gvineya hukumati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda ebolaga chalinish bo‘yicha ilk holat 28 yanvarda vafot etgan hamshirada qayd qilingandi. 13 fevralda ikkinchi ebola bezgagi epidemiyasi tarqalgani e’lon qilingandi.

Shuningdek, BMT Gvineya va Kongo Demokratik Respublikasida takror tarqala boshlagan ebola epidemiyasiga qarshi kurash uchun 15 mln dollar mablag’ ajratishini ma’lum qildi.

2020 yil 18 noyabrda JSST Kongo Demokratik Respublikasida ebola epidemiyasining 11-to’lqini tugaganligini e’lon qilishi ortidan, virus 7 fevralda mamlakat sharqidagi Butembo shahrida aniqlangandi.

Gvineya 2014-2016 yillarda G‘arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalishi o‘choqlaridan biriga aylangandi. O‘shanda bu hududda 30 mingdan ko‘proq kishi kasallikka chalingan, 11mingdan ortiq kishi virusdan vafot etgandi. Eng og‘ir epidemiologik vaziyat Gvineyaga qo‘shni Liberiya va Serra-Leoneda kuzatilgandi. 


Tanlangan kalimalar: #ebola , #Gvineya

Aloqador xabarlar