Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 110 mlndan oshdi

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 441 ming 360 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 110 mln 453 mingdan oshdi,  85 mln 354 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

1585988
Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 110 mlndan oshdi

 

Dunyo bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 2 mln 441 ming 360 nafarga yetdi. Virus bilan kasallanganlar soni 110 mln 453 mingdan oshdi,  85 mln 354 mingdan ortiq kishi sog’aydi.

AQSh koronavirusdan o‘limlar soni bo‘yicha hamon dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakat bo’ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 502 ming 544 nafarga yetdi. Virusga chalinganlar soni 28 mln 453 ming 526 nafarni tashkil qilmoqda. AQSh qurolli kuchlarida COVID-19 vaksinasini qabul qilishga ko’ngilli bo’lganlar soni uchdan ikki foizni tashkil qiladi. Harbiylarning ko’pi koronavirusga qarshi emlanishni xohlamayotir.

Koronavirus o’chog’iga aylangan Buyuk Britaniyada so’nggi bir kunda 816 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakat bo’ylab vafot etganlar soni 118 ming 933 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinganlar soni 4 mln 71 ming 185 nafarni tashkil qilmoqda. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 12 ming 718ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda koronavirusga qarshi emlash jarayoni o’z samarasini bermoqda. Keksalar va virusdan eng ko’p ta’sirlanganlar orasida o’lim holatlari kamaydi.

Italiya koronavirusdan kasallanganlar va vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda hamon yetakchi davlatlardan biri. Mamlakatda so’nggi bir kunda 369 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Mamlakat bo’ylab koronavirusdan vafot etganlarning umumiy soni 94 ming 540 nafarga yetdi. Ayni vaqtda virusdan kasallanganlar soni 12 ming 74 kishiga oshib, 2 mln 751 ming 657 nafarni tashkil qilmoqda. Italiyada Afrikadan qaytgan bir kishida koronavirusning shu kungacha hech uchramagan yangi turi aniqlandi.

Fransiyada so’nggi bir kunda 311 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 83 ming 122 nafarga yetdi. So’nggi bir kunda koronavirus bilan bog’liq 25 ming 18ta yangi holat qayd etildi. Ayni vaqtda virusga chalinganlar soni 3 mln 514 ming 147 nafarni tashkil qilmoqda.
Ispaniyada so’nggi bir kunda 337 kishi koronavirus qurboniga aylandi. Mamlakatda COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 66 ming 316 nafarga yetdi. Mamlakat bo’ylab virusga chalinganlar soni 10 ming 829 kishiga oshib, 3 mln 107 ming 172 nafarni tashkil qilmoqda.

COVID-19 tufayli shu kungacha Braziliyada 242 ming 90 nafar, Meksikada 177 ming 61 nafar, Argentinada 50 ming 616 nafar, Kolumbiyada 57 ming 949 nafar, Peruda 44 ming 308 nafar, Chilida 19 ming 659 nafar, Boliviyada 11 ming 303 kishi hayotdan ko’z yumdi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #COVID-19

Aloqador xabarlar