New York Times: “Millionlab suriyalik uchun imkon bergan yagona davlat Turkiyadir”.

New York Times gazetasi, YPG/ PKKning bombali hujumlariga ma’ruz qolgan Afrin va shaharning Turkiya chegarasiga yaqin mintaqalaridagi muhojirlar lagerlari haqida keng ko‘lamli ma’lumot qalamga oldi.

1585220
New York Times: “Millionlab suriyalik uchun imkon bergan yagona davlat Turkiyadir”.

Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) New York Times gazetasi Bashar al - Asad rejimi zulmidan ziyon ko‘rgan millionlab suriyalik uchun imkon bergan yagona davlat Turkiya ekanini qayd etdi.

Suriyaning Afrin shahri va shahar yaqinlaridagi muhojirlarga oid lagerlarda kuzatuv ishlari yuritgan New York Times gazetasi, Bashar al - Asad hujumlaridan qochib, Turkiya chegarasida jon saqlagan muhojirlarning xalqaro insonparvarlik yordami kutganini bildirdi.

Gazeta, oxirgi vaqtlarda YPG/ PKK terror tashkilotining bombali hujumlariga ma’ruz qolgan Afrin va shaharning Turkiya chegarasiga yaqin mintaqalaridagi muhojirlar lagerlari haqida keng ko‘lamli ma’lumot qalamga oldi.

2018 - yilning 20 - yanvari kuni Turk Qurolli kuchlari tomonidan mintaqani YPG/ PKK terror tashkilotidan qutqarish uchun boshlatilgan “Zaytun novdasi” amaliyotiga to‘xtalgan gazetada,

“Bugun, ular (TQK) himoya qilgan suriyaliklar, barcha qiyinchiliklarga qaramay turklarning u yerda bo‘lishidan xursandlar”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Gazetaning Turkiyadagi byurosi rahbari Charlotta Gallning imzosi bilan chop etilgan usuhbu ma’lumotda,

“Suriyaning 10 yillik ichki urushining tugashi masalasida dunyoning boshi aylanar ekan Turkiya, uysiz va og‘ir hayot sharoitida qolgan qariyb 5 million tinch aholini himoya qilish uchun mintaqada turgan yagona xalqaro kuchdir”. - deyildi.

Unda shuningdek,

“Turkiya shaharni o‘zining elektrik tarmog‘iga bog‘lab, uzoq yillardan beri davom etgan elektrik muammosini hal qildi. Mintaqada turk uyali telefon liniyalari va turk puli ishlatilmoqda va 500 ta suriyalik shirkat chegara tijorati uchun qayd etilgan vaziyatda”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Huddi shu ma’lumotda fikriga o‘rin berilgan Hatay shahar hokimi o‘rinbosari O‘rhan Akturk,

“Maqsadimiz, ular hayotini yana - da oddiy hayot sharoitiga aylantirishdir. Insonlarning takror bunga qaytishi uchun maktab va kasalxonalarning ochiq qolishini ta’minlashga harakat qilyapmiz”. - dedi.

Shahardagi bombali hujumlar haqida esa Akturk, portlatilgan transportlarning yuk tashuvchi mashinalar orqali YPG/ PKK ishg‘olidagi Manbij tumanidan olib ketilganini aniqlaganliklarini bildirdi.

Gazetaga intervyu bergan mahalliy majlis a’zosi Said Sulaymon, Turkiya bergan yordamlardan tashqari ko‘proq xalqaro insonparvarlik yordamga ehtiyoj borligiga e’tibor qaratib, “Lekin millionlar uchun imkon bergan yagona davlat Turkiya”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar