Ug‘ur Shahin:"Koronavirus yana 10 yilgacha insonlar hayotini tark etmasligi mumkin"

BioNTech laboratoriyasi asoschisi va rahbari professor Ug‘ur Shahin Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi Turk faollar jamiyati ishtirokidagi “Pandemiyani yengishda xalqaro hamkorlik” nomli videoanjumanda pandemiya haqidagi fikrlarini o’rtoqlashdi.

1585081
Ug‘ur Shahin:"Koronavirus yana 10 yilgacha insonlar hayotini tark etmasligi mumkin"

 

Butun dunyoni o‘ziga tiz cho’ktirgan global xatar – koronavirus yana 10 yilgacha insonlar hayotini tark etmasligi mumkin.

BioNTech laboratoriyasi asoschisi va rahbari professor Ug‘ur Shahin Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi Turk faollar jamiyati ishtirokidagi “Pandemiyani yengishda xalqaro hamkorlik” nomli videoanjumanda pandemiya haqidagi fikrlarini o’rtoqlashdi.

U 2.5 mlnga yaqin insonning hayotiga zomin bo‘lgan koronavirus pandemiyasi haqida o‘z qarashlarini bayon etdi. Uning ta’kidlashicha, Covid-19 hayotimizdan to‘liq chiqib ketishi uchun yana kamida 10 yilcha vaqt kerak bo’ladi.

“Vaksinani 10 mlndan ortiq insonga yetkazib berdik, biroq bu yetarli emas. Hali oldimizda uddasidan chiqishimiz zarur bo’lgan juda ko’p ish bor. Vaksinamizni butun dunyodagi insonlarga yetkazib berishni xohlaymiz”,-dedi Ug’ur Shahin.

Koronavirusga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikning ahamiyatiga to’xtalgan Ug’ur Shahin: “Bu virus hayotimizda anchagacha qolishi oshkor. Bu faqatgina 2021 va 2022 yilning o’tkinchi muammosi emas. Bu kelgusidagi 10 yillik o’ta mashaqqatli davrni o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytsak, endi tom ma'noda hayotning bir qismiga aylana oldi”,-dedi.

Turk millatiga mansub germaniyalik Ug‘ur Shahin nomi hayotimizga koronavirus pandemiyasi bilan birgalikda kirib keldi. Pandemiya boshlangach, u Pfizer kompaniyasi bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqishni boshladi va dunyoda birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi xavfsiz va samarali vaksina yarata oldi. Hozirga kelib, jahonning 30dan ortiq davlatida Ug‘ur Shahin laboratoriyasida yaratilgan vaksinadan foydalanishga ruxsat berildi. Milliardlab dozadagi vaksinalarga buyurtmalar olindi. Hozirgi kunda BionTech vaksinasi 95 foiz samaradorlik qayd etmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #vaksina , #BioNTech , #Ug'ur Shahin

Aloqador xabarlar