Yevropa ittifoqi, shahid qilingan turk askarlariga ta'ziya izhor etdi

PKK terror tashkiloti tomonidan shahid qilingan 13 nafar Turk fuqarosi uchun ta'ziya maktublari kelmoqda.

1584163
Yevropa ittifoqi, shahid qilingan turk askarlariga ta'ziya izhor etdi

Yevropa ittifoqi, PKK terror tashkiloti tomonidan shahid qilingan 13 nafar Turk fuqarosi uchun Turkiyaga ta’ziya izhor etdi.

Yevropa ittifoqi komissiyasi Matbuot xizmati kotibi Peter Stano, Iroqning shimolidagi Gara mintaqasida 13 nafar Turk fuqarosining PKK terror tashkiloti tomonidan qatl qilinishi haqida “qayg‘uli xabarlar” eshitganliklarini qayd etgan holda,

“Turk xalqiga ta’ziya izhor etishni va qurbonlar oilasiga o‘z hamdardligimizni chin dilimizdan ifoda etishni xohlaymiz”. - dedi.

Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi (Turk kengashi) Bosh kotibi Bag‘dad Amreyev ham Gara mintaqasida PKKga a’zo terroristlar tomonidan 13 nafar Turk fuqarosining shahid qilinishini qoraladi. Bosh kotib Amreyev shahidlarga Olloxdan rahmat, yaqinlari bilan turk xalqiga ta’ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tiladi.

Chernogoriya Islom ittifoqi (Din ishlari bo‘yicha qo‘mita) rahbari Rifat Feyzich esa Turkiyaning Podgoritsa elchisi Songul Ozan va Din Ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Ali Erbashga ta’ziya maktubi yo‘lladi va unda:

“Garada PKK terror tashkiloti tomonidan 13 kishining shahid qilinishi haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan oldim. Shaxsim va Chernogoriyadagi musulmonlar nomidan bu lanatli terror hujmida shahid bo‘lganlarga rahmat, oilalariga esa sabr tilayman”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Falastin Olimlar birligi esa Garadagi PKK hujmini keskin qoralaganini bildirdi.

Poytaxt Anqaradagi Belgiya, Fransiya, Gretsiya, Ukraina, Kanada va Norvegiya elchilari esa PKK terror tashkiloti tomonidan shahid qilingan 13 nafar Turk fuqarosi uchun ta’ziya maktubi chop etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Gara , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar